top of page

Qishloq xo´jaligi

Basket of Strawberries

Qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiy barqarorlik va milliy iqtisodiyotlar barqarorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Qishloq xoʻjaligi tufayli aholi turmushini taʼminlash uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi ishlab chiqarilmoqda. Qishloq xo‘jaligi uzoq tarixga ega bo‘lib, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biriga aylangan. Bu mahsulot sifati va unumdorligini oshirish, shuningdek, atrof-muhitni asrashga qaratilgan yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish usullarini doimiy ravishda rivojlantirib, uni joriy etmoqda.

Fermer xo‘jaligi ishchisi — fermer yoki dehqon rahbarligida ishlaydigan yo´llanma ishchi hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi ishchisiining majburiyatlariga o'rim-yig'im, o'rmon xo'jaligi ishlari va hayvonlarni parvarish qilish kabi dala ishlari kiradi. Ulardan tashqari qishloq xo´jaligida ishlovchi barcha talabalar qishloq xo´jaligiga taaluqli barcha turdagi ishlarni o´z zimmalariga olishga majburlar. Ish mobaynida ish beruvchi tomonidan berilgan barcha majburiyatlar to´laqonlik ma´suliyat bilan bajarilishi lozim. Qishloq xo'jaligi ishchisi jismonan baquvvat bo'lishi kerak, chunki ba'zi ish turlari, masalan, o'rmon xo'jaligi ma'lum miqdorda jismoniy kuch talab qiladi.

At Work on the Farm
pexels-matthias-zomer-422218.jpg

Ish turlari, fermer xo'jaligining ishlab chiqarish profiliga va yil fasliga qarab farqlanadi. Ko'pincha ta´til mobaynida qulupnay, olma va boshqa shu kabi mevalar, sparja, karam, sabzi va boshqa shu kabi sabzavotlarni yig'ish ishlari mavjud bo´ladi. Bahorgi ekish ishlaridan so'ng ekinlarga g'amxo'rlik qilish, keyin pichan o'rish, o'rim-yig'im va zarur kuzgi ishlar boshlanadi. Sigirlar, qo'chqorlar, qo'ylar, otlar va boshqa uy hayvonlariga g'amxo'rlik qilishda ham yozgi ta´til paytida ish beruvchilar e´lonlar berishadi. 

Turar joy

Deyarli barcha ish beruvchilar talabalarni turar-joy bilan ta'minlaydi. Bu odatda ko'p xonali kvartirada bitta xonani tashkil qiladi, er-xotinlar uchun ikki kishilik xonalar ham qilib berilishi mumkin. Turar-joy to'lovlari sizning oylik maoshingizdan olinadi. Bu kuniga taxminan 5-10 evroni tashkil qiladi. Qulay yashash uchun barcha sharoitlar mavjud. Masalan, Internet, muzlatgich, shkaf, yotoq, stol, stul, hammom va boshqalar.

 

Ammo bularning hammasi ish turi va ish beruvchiga bog´liq va turli xil istisnolar mavjud bo´lishi mumkin. Tushunmovchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun shartnomani imzolashdan oldin bunday masalalarni oldindan aniqlashtirishingizni so´raymiz. 

 

Iltimos bu masalani arizaga qo​´​l qo´yishdan oldin aniqlashtiring!

House
Fresh Produce

Oziq - ovqat

Talabalarning ish vaqtida oziqlanishlarini ish beruvchi qoplamaydi va talabalar o´zlari buni ta'minlashlari kerak. Ishingiz yonida deyarli har doim kerakli mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin bo'lgan do'konlar mavjud bo´ladi. Barcha tafsilotlar va ma´lumotlar ish kunining boshida ish beruvchi tomonidan taqdim etiladi.

 

Lekin ba´zi hollarda ish beruvchining o'zi tushlik yoki nonushta bilan ta'minlashi ham mumkin, bunday holatlarda siz o'zingizning afzalliklaringizga (vegetarianizm, cho'chqa go'shti, laktoza va boshqalar) shartnomaga qo´l qo´yishdan oldin aniqlik kiritishingizni so'raymiz.

Maxsus kiyim - kechak

Ko'pincha dalada yoki maxsus kiyim kerak bo'lgan boshqa joylarda ishlashingiz kerak bo'lganligi sababli, ​​ko'pgina qishloq xo'jaligi ishlari uchun siz maxsus kiyim kiyishingiz kerak bo'ladi. Bunday holatlarda ish beruvchining o'zi kiyim-kechak bilan sizni ta´minlaydi  yoki  talabalar o'zlari bilan kerakli kiyimlarni olib kelishlari kerak bo´ladi. Bu odatda qulay qora futbolka va shim.

 

Eslatma! Ko'p yillik tajribamizga asoslanib, biz siz uchun ish va sayohat uchun eng kerakli kiyimlar ro'yxatini tayyorladik, shunda siz o'zingiz bilan nima olib ketishni oldindan bilib olasiz.

*Yuklab olish ro'yxati (o´zbek tilida)

Farmers Harvesting Crops
Reichstag Building

Til darajasi

Aytib o'tilganidek, til darajasi ish va ko'pincha sayohat uchun juda muhimdir. Work and Travel dasturiga ariza topshirish uchun sizdan nemis tilini A2 va undan yuqori darajada bilishingizni talab qilamiz. Hech qanday sertifikat talab qilinmaydi, lekin suhbat davomida biz sizning til darajangizni sinab ko'ramiz va agar u bizni qoniqtirmasa, afsuski, arizangizni rad etishga majbur bo'lamiz. Hujjatlarni topshirishda buni yodda tutishingizni so'raymiz!

skyscrapers-3184798_edited.jpg

Work and Travelga ariza tashlang!

Birinchi bosqichni bosing - bizga ariza tashlang va sayohatingizni boshlang! Arizani online tarzda to´ldirganingizdan so´ng biz siz bilan 1-2 kun ichida bog´lanamiz va keyingi bosqichga

o´tsangiz bo´ladi. 

© 2023 Global Consult tomonidan quvvatlanadi va himoyalanganWix

bottom of page