
Work and Travel
Work and Travel nima?
Oliy bilim yurt talabalari yozgi ta´til mobaynida chet elda ya´ni Germaniyada ishlash va sayohat qilish imkoniyatiga egadirlar. Bu yangi til, yangi madaniyatni o´rganish uchun, yangi ta´surotlarga ega bo´lish hamda yangi tanishlar orttirish uchun juda katta imkoniyat!
Ko´pincha, ta´til mobaynida Germaniyada qishloq xo´jaligi, gastronomiya yoki mehmonxona sohasida ish topish mumkin. Bu tarzda sizning qaysi yo´nalishda o´qishingiz ahamiyatga ega emas. Misol tariqasida, biznes va menejment yo´nalishi talabasi ta´tilda bemalol qishloq xo´jaligi sohasida ishlasa bo´ladi.

Ish haqida
Qanday bosqichlar mavjud?
Work and Travelda ishtirok etish quyidagi bosqichlardan iborat:
1
Sizga mos keluvchi ish turini tanlash. Bizning telegram kanalimizda ish vakansiyalarini topsangiz bo´ladi. Ish tanlash jarayonida sizning hohish istaklaringiz inobatga olinadi.
2
Ariza to´ldiring! Bu arizada siz biz bilan ishga kerak bo´luvchi shaxsiy
ma´lumotlaringiz bilan bo´lishasiz va kerakli bo´lgan hujjatlarni yuborishingiz mumkin.
3
Biz talabalarimizning til darajalarini aniqlash uchun ular bilan online video suhbat o´tkazamiz va u yerda sizni qiziqtiruvchi savollaringizni ham bersangiz bo´ladi. Suhbat Microsoft Teams sahifasida bo´lib o´tadi.
4
Bu bosqichda siz bizning firmamiz bilan shartnoma tuzasiz. To´lovlar haqida batafsil ma´lumotga ega bo´lishingiz mumkin.
5
Navbat ish beruvchi uchun topshiriladigan anketani to´ldirishga keldi. To´ldirilgan anketa orqali ish beruvchi siz haqingizda va istaklaringiz haqida ma´lumotga ega bo´ladi.
6
Ish uchun ruxsatnoma (ZAV) va visaga topshirish uchun navbat keldi! Quyida kerak bo´luvchi barcha hujjatlar bilan tanishib chiqsangiz bo´ladi.
7
Tabriklaymiz! siz barcha rasmiyatchiliklarni yakunladingiz! Qandaydir savolingiz tug´ilgan bo´lsa bizga murojaat qiling!
8
Avia chipta sotib olish va sayohatingizni rejalashtirish navbati ham keldi! Chet elda qiynalmaslik uchun biz tayyorlagan sayohat uchun maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing!
Sayohat>

Rasmiyatchiliklar
Quyida sizga kerak bo´luvchi barcha muhim va foydali bo´lgan ma´lumotlarni topishingiz mumkin. Iltimos hammasini o´qib, tanishib chiqing va Work and Travel haqida ko´proq ma´lumotga ega bo´ling!
Germaniya haqida
