top of page

Universitet

Work and Travelda faqatgina aniq universitet talabalarigina qatnasha oladi. Buning sababi shundaki, siz ishlash uchun ruxsatnoma olishingiz uchun sizning universitetingiz akkreditlangan va Germaniyada tan olingan bo`​lishi lozim. 

 

Quyidagi ssilka orqali siz Germaniyada tan olinadigan universitetlar ro´yxatini topishingiz mumkin​.

 

https://anabin.kmk.org/no_cache/filter/institutionen.html 

 

Agarda u yerda sizning universitetinigiz bo´lmasa bu masalaga oydinlik kiritish uchun bizga xabar bering.

Til darajasi 

Ishtirok uchun Nemis tili darajasi A2 yoki Ingliz tili darajasi A1 dan yuqori kerak bo​´ladi. Bu ham o´z navbatida ish beruvchi va siz qaysi ishni tanlashingizga bog´liq. Ish mobaynida ish beruvchi bergan vazifalarni tushunish, ularni sifatli va to´g´ri bajarishingiz kerak bo´ladi. Shu sababdan hamma ish beruvchilar nemis tilini imkon qadar boshlang´ích darajasini bilishingizni talab qilishadi. Undan tashqari siz qanchalik tilni yaxshi o´rgansangiz, shunchalik tezroq atrof muhitga ko´nikasiz, foydali tanishlar ortirib, til darajangizni oshirish ham tez bo´ladi. 

 

Til darajangizni isbotlash uchun hech qanday sertifikat kerak bo​´​lmaydi. Bizning tanlovlardan o´zingizga mos ish topganingizdan keyin, biz siz bilan yengil suhbat olamiz, shu orqali sizning til darajangiz tanlagan ishingizga mos kelish yoki kelmasligini tekshiramiz. Suhbat mobaynida sizni qiziqtirgan savollarga ham javob beramiz.

 

Eslatma! Til darajasi ish topishda juda katta ahamiyatga ega va shu sababdan sizga maslahatimiz, work and travelda ishitrok etishdan oldin til darajangizni imkon qadar oshiring. Shundagina bu sizga Germaniyaga tezroq o​´​rganishingizga va yaxshi ish topishinggizga yordam beradi. 

Kerakli hujjatlar

Work and Travelga ariza topshirish uchun Google Form - Arizani to´ldiring va quyidagi hujjatlarni kiriting:

  • Horijiy passport 

  • Haydovchilik guvohnomasi (agar bo​´​lsa)

  • Bank hisob raqami haqida ma​´​lumotnoma 

  • To´ldirilgan Global Consult (ish beruvchiga anketa) *nusxani yuklab olish

  • Biometrik rasm  3,4 x 4,5 (iloji bo​´​lsa oq fonda)

 

 

 

 

Ishlash uchun ruxsatnomaga ariza tashlash uchun quyidagi hujjatlar kerak bo´ladi:  

ZAV - mutaxassislarni chet elda ishga joylashtirish bo'yicha markaziy idora (nem. qisqartirilgan ZAV)

ESLATMA! O​´​zbek studentlaridan so´raymiz, iltimos bizning ofisga kelishdan yoki Work and Travelga online ariza tashlashdan oldin horijiy (zagran) passportga ega bo´ling. Horijiy passportsiz chet elda ishlay olmaysiz!

    1. Horijiy passpot (1 kopiya)

    2. O´qishdan ma​´​lumotnoma (Immatrikulationsbescheinigung) *nusxani yuklab olish

    3. O´qishdan ma​´lumotnomaga bayonnoma (Erklärung zur Immatrikulationsbescheinigung)

* nusxani yuklab olish

 

    4. Shaxsiy ma´​lumotlar ustida ishlash uchun rozilik bayonnomasi (Declaration)

* nusxani yuklab olish iltimos hujjatni tarjima qilmang faqat to´ldiring!

ESLATMA! Agar universitetingiz sizga hujjatlarni o​´​zbek tilida bergan bo´lsa, ularni siz nemis yoki ingliz tiliga notarial tarjima qildirishingizga to´g´ri keladi. 

 

Universitetingiz horijiy bo´limi yoki dekanat, Work and Travel haqida hech qanday ma​´​lumotga ega bo´lmasalar, iltimos quyidagi linkni ularga ko´rsating! U yerda bu  haqida batafsil ma´lumot keltirilgan!

https://www.arbeitsagentur.de/unternehmen/arbeitskraefte/fachkraefte-ausland/ferienbeschaeftigung/ferienbeschaeftigung-dokumente-hochladen

Hamma so´ralgan hujjatlar namunalarini  NAMUNA sahifasidan topishingiz mumkin!

Visaga topshirish uchun kerak bo´lgan barcha hujjatlar ro´yxatini quyidagi link orqali topishingiz mumkin:

https://taschkent.diplo.de/uz-de/service/05-VisaEinreise/-/2456036

To´lovlar

 

  1. Firma to´lovi - 600 €

Firma to´loviga quyidagilar kiradi:

  • Konsultatsiya va Germaniyaga ish va visa masalasi bo​´​yicha ma´lumotlar

  • Visa va ish beruvchiga taqdim etiladigan barcha hujjatlar bilan yordam 

  • Germaniyaga hujjatlarning original nusxasini yuborishda yordam

  • Kerak bo´lganda Sug´urta tuzishda yordam 

  • Germaniyaga borganda qiyin vaziyatlarda yordam

  • Kerak bo´lganda chiptalarning buyurtmasi bilan yordam

   2. Visa uchun to​´​lov - 80 € - firma to´loviga kirmaydi!

   3. Avia chipta - 600 € atrofida - firma to´loviga kirmaydi!

   4. Visa karta ichiga - 1000 € atrofida. Bu summani hech qanday to​´​lov sifatida bermaysiz.

Bu sizning shaxsiy mablag´ingiz, Germaniyadan uyga qaytishda bu mablag​´​ni o´zingiz bilan qaytarib olib ketsangiz bo´ladi. 

ESLATMA! Visaga topshirilayotganda 2 xil turdagi Bank spravkasi topshiriladi:

1. Master/Visa kartada taxminan 1000 Euro atrofida pul bor deb yozilgan spravka kerak bo'ladi.  Bu kartani visaga kirishdan kamida 1 oy oldin ochgan bo'lishingiz lozim. 

2. Oddiy O'zbekiston bankida ochilgan karta hamma Work and Travelga topshirmoqchi bo'lgan talabalarda bo'lishi kerak. Aynan shu kartada kamida 6 oylik pul aylanmasini tasdiqlovchi spravka kerak bo'ladi. Ya'ni siz O'zbekiston bankida ochilgan kartani 6 oydan beri ishlatib yurgan bo'lishingiz kerak!

Visa masalasi

Visa - bu chegarani kesib o´tishga ruxsat beruvchi hujjat hisoblanib, Germaniyaga ishlash va sayohat qilishingiz uchun juda muhim. Toshkent shaxardagi VisaMetric markazidan siz Shengen Visasiga (90 kundan ortiq bo´lmagan) ariza topshirishingiz lozim.

 

Bizning firmamiz bu masalada juda katta tajribaga ega va biz sizga Visa uchun kerakli bo´lgan hujjatlarni yig´ishga yordam beramiz. 

 

Iltimos quyidgi link orqali Visa uchun kerakli bo​´​lgan barcha hujjatlar ro´yxati bilan tanishib chiqing! 

https://taschkent.diplo.de/uz-de/service/05-VisaEinreise/-/2456036

Turar joy

Hamma ish beruvchilar studentlarni Germaniyada ishlash mobaynida turar joy bilan ta​´​minlashadi. Yashash uchun to´lov sizning oylik mabla​g´ingizdan yechib olinadi va kuniga 5 -10 € ni tashkil qiladi. Turar joyda yashash uchun kerakli bo´lgan hamma qulayliklar mavjud. Ularning ichida internet, yotoqxona, oshxona, muzlatgich, stol, stul, hammom va boshqa qulayliklar. 

 

Oziq ovqat bu ro´yxatga kirmaydi va studentlar o´zlari bu haqda qayg´urishlari lozim. 

Bu ham ish beruvchi va tanlangan ishga bog´liqdir, sababi bir xil ish beruvchilar oziq ovqat bilan ham

ta´minlashadi. Bunday holatda studentlar ish beruvchi arizasini to´ldirayotganlarida yeb ichish masalasida nimani afzal ko​´​rishlarini aytishlari kerak bo´ladi. Masalan, cho​´​chqa go´shtini yemaslik, vegetarian, laktozadan allergiya va boshqalar. 

 

Iltimos bu masalani arizaga qo​´​l qo´yishdan oldin aniqlashtiring!

Tibbiy sug´urta

Tibbiy sug´urta - sizni sog’lig’ingizni har turdagi risksdan himoya qiluvchi hujjat hisoblanadi. Germaniyada sug​´urta juda muhiim hisoblanadi, ayniqsa siz work and travelga ketayotgan

bo´lsangiz.

 

Misol uchun, siz Gastronomiya sohasida ishlashni boshladingiz, agar ish mobaynida siz kuyib qolsangiz, yarador bo´lsangiz yoki boshqa ko´ngilsizlikka duchor bo​´lsangiz, hammasi ​sizning tibbiy sug´urta agentligingiz tomonidan kompensatsiya qilinadi. Sug´urta orqali siz o´zingizni hamma riskdan himoya qilasiz. 

Oddatda hamma ish beruvchilar ishlashga kelayotgan studentlarni sug​´​urta bilan o´zlari ta​´​minlashadi!

 

ESLATMA! Germaniyaga hamma sug´urta agentligi ham o´tavermaydi. Sizdan sug´urta qilishingizdan oldin biz bilan bu borasida aniqlik kiritishingizni so´raymiz. 

Agarda siz sug´urta umuman qilmaslikka qaror qilsangiz, Germaniyadagi hamma to´lovlarni o´z chiqimingizdan olishingizga to´g´ri keladi. 

Soliqlar

Germaniyada soliq, qonun bo​´​yicha hamma uchun ya´ni nemislar va chet elliklar uchun bir xil. Uni hamma birdek to​´​lashi lozim. Work and Travel ishtirokchilari bu borada istisno emas. Soliq foizi oyliq maoshga bog´liq va soliqni studentlar o​´​z yurtlariga qaytganlaridan so​´​ng qaytarib olsihlari mumkin. 

GLOBAL CONSULT 
BILAN 
BOG´LANING

MANZILIMIZ

Bizga murojaat qiling!

E-mail: info@service-globalconsult.de

Yoki quyidagi formani to'ldiring. 

Katta rahmat!

© 2023 Global Consult tomonidan quvvatlanadi va himoyalanganWix

bottom of page